Ovozli tinglash

Apple tez orada yangi HomePod aqlli dinamikini taqdim etishi mumkin.

Apple HomePod

Aynan qachon hozircha noma'lum, ammo taniqli Bloomberg jurnalisti va insayder Mark Gurman yaqin orada e'lon qilinishi haqida gapirmoqda. Aytgancha, avvalroq mahsulotning 2022-yil oxirida yoki 2023-yil boshida sotilishi haqida maʼlumotlar mavjud edi. Ma'lumki, Apple o'tgan yili bunday narsalarni chiqarmagan.

Bu holda, gap yangi katta HomePod haqida ketmoqda. Va bu shuni anglatadiki, Apple ikkinchi avlodni birinchisi chiqqandan deyarli olti yil o'tgach chiqaradi!

Aslida, avvalroq ikkinchi avlodning to'liq bekor qilinishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, chunki birinchisi sotilmaydi. Ammo yillar davomida Apple o'z fikrini o'zgartirgan bo'lishi mumkin.

Yangi model asl nusxadan qanchalik farq qilishi hozircha noma'lum. Lekin hech bo'lmaganda Apple narxni pasaytirishi mumkin.