Taniqli Amazon.com saytida Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Xose L.Tongzonning “Xalqaro logistika tamoyillari” kitobiga oldindan buyurtma ochildi. Ushbu kitob xalqaro logistika sohasidagi barcha mavzularni ham strategik, ham siyosiy nuqtai nazardan qamrab olishga hamda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasidan olingan misollar va illyustratsiyalar bilan xalqaro logistikaning yangi va paydo bo'layotgan muammolarini muhokama qilishga qaratilgan. Kitob Buyuk Britaniya va AQShda bosh ofislariga ega bo'lgan dunyoning taniqli nufuzli nashriyotlaridan biri tomonidan nashr etilgan. Kitob muallifi 2017-yilda Toshkent shahridagi Inha universitetida ish boshlagan va u yerda logistika dasturini yaratishda yetakchi bo‘lgan. UITga qo‘shilishdan oldin professor Tongzon bir necha yil Avstraliya, Koreya va Singapurda logistika fanidan dars bergan. Professor Xose L. Tongzon Tasmaniya universitetida (Avstraliya) iqtisod fanlari nomzodi darajasiga ega bo‘lib, u xalqaro savdo bo‘yicha ixtisoslashgan.