Ovozli tinglash

iPhone 15 smarfonlari barcha ranglari roʻyxati tasdiqlangan ShrimpApplePro insayderiga iqtibos keltirgan holda nufuzli Forbes nashri tomonidan eʼlon qilindi.

Insayderning ta'kidlashicha, iPhone 15 uchta yangi rangda taqdim etiladi: yashil, och sariq va pushti. Rasmiy ranglar:

  • Midnight (yarim tun);
  • Starlight (yulduz nuri);
  • Green (yashil);
  • Light Yellow (ochiq sariq);
  • Pink (pushti);
  • Product (RED) (qizil).

Apple iPhone 15

Ochiq sariq rang iPhone 14 seriyasidagi mavjud yorqin sariq rangdan farq qiladi.Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple bu yil ko‘k, binafsha va sariq rangli smartfonlardan voz kechmoqda. Mart oyidagi bozor hisobotida ko'k va binafsha ranglar iPhone 14 va iPhone 14 Plus xaridorlari uchun eng mashhur ranglar ekanligi ta'kidlangan.

Qayd etish joizki, ShrimpApplePro birinchi bo‘lib aprel oyida iPhone 14 smartfonlar qatori maketlari suratlarini joylashtirgan va bu suratlar to‘liq aniq bo‘lgan edi. Bundan tashqari, u birinchi bo‘lib iPhone 15 Pro xaridorlarga titan korpusini taklif qilishini, smartfon esa tekis kvadrat qirralarning o‘rniga yumaloq orqa panelga ega bo‘lishini ma’lum qildi.