Ovozli tinglash

Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasining AQShdagi bo‘limi Binance AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasining o‘z aktivlarini muzlatish haqidagi so‘roviga qarshi sudga murojaat qildi. Murojaatda aytilishicha, agar aktivlar muzlatilgan bo‘lsa, Binance o‘z xodimlariga maosh to‘lay olmaydi: “Operatsiyalar to‘xtatiladi, barcha aktivlar muzlatilishi bilan bank hamkorlari katta ehtimol bilan mablag‘ o‘tkazish bo‘yicha so‘rovlarni qondirishni to‘xtatadilar”.

Binance

Avvalroq AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi sarmoyadorlarni aldab, milliardlab dollarlarni boyitishda ayblangan Binance va uning bosh direktori Changpeng Chjao ustidan sudga murojaat qilgan edi. Shundan so'ng, Binance dollardagi depozitlarni qabul qilishni to'xtatdi.