Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi elektr transport vositalarining ulushi rekord darajadagi 15,1 foizga o'sganini ma'lum qildi. Iyun oyida sotilgan 1 milliondan ortiq avtomobildan 158 millionga yaqini elektr transport vositalaridir.
Iyun oyida Yevropa Ittifoqida sotilgan elektromobillar soni tarixda birinchi marta dizel avtomobillari savdosidan oshib ketdi. Ikkinchisiga qariyb 140 ming avtomobil yoki bozorning 13,4 foizi to'g'ri keladi.
Mashhurlik bo'yicha birinchi o'rinni bozor ulushi 36,3 foizga ega benzinli avtomobillar, ikkinchi o'rinni 24,3 foizni tashkil etgan gibrid avtomobillar egallaydi.