Ovozli tinglash

Yevropadagi yo‘llarda yordam ko‘rsatish bo‘yicha eng yirik tashkilot - Nemis avtomobil klubi (ADAC) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishonchlilik bo‘yicha elektromobillarning an’anaviy yoqilg‘ida harakatlanuvchi avtomobillardan ustunligini aniqladi.

Millionlab arizalar asosida 2024-yil uchun ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, elektromobillar benzin va dizeldagi analoglariga qaraganda kamroq buziladi. Bu xulosa so‘nggi yillarda tobora ko‘zga tashlanayotgan tendensiyani tasdiqlaydi.

O‘tgan yil davomida ADAC yo‘llarda yordam ko‘rsatish bo‘yicha 3,6 milliondan ortiq so‘rovni ko‘rib chiqdi. Ularning atigi 1,2 foizi - 43 678 tasi elektromobillar bilan bog‘liq. Taqqoslash uchun: 2020-2022 yillarda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillarda nosozliklar darajasi har 1000 ta elektromobilga 4,2 ni, yoqilg‘ida ishlaydigan mashinalarda esa 10,4 ni tashkil etgan. Ikkala transport turi uchun ham asosiy muammo 12 voltli batareya bo‘lib qolmoqda: u elektromobillarning taxminan 50 foizini, an’anaviy avtomobillarning esa 45 foizini ishdan chiqaradi.

Shu bilan birga, elektromobillar shinalarning shikastlanishiga ko‘proq duch keladi: 1000 ta mashinaga 1,3 ta chaqiriq, yonilg‘i avtomobillarida esa 0,9 ta. Biroq, yangi modellarda bu muammo kamroq uchraydi.

ADAC ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, elektromobillardagi elektr tizimlari, dvigatellari va yoritish tizimlari benzin yoki dizel yoqilg‘isida ishlaydigan mashinalarga qaraganda barqarorroq ishlaydi.