Ovozli tinglash

AQSh Adliya vazirligi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasini ishga yollashda uning firmasi qochqinlarni kamsitayotganlikda ayblab, sudga berayotganini aytdi.

Adliya departamentining da'vo qilishicha, SpaceX AQSh fuqarosi bo'lmagan shaxslarni yollash mumkin emasligi haqida yolg'on da'vo qilgan. AQSh Adliya departamenti SpaceX’ga nisbatan tekshiruv chet ellik ishchi tomonidan kamsitilgani haqidagi da’volardan so‘ng boshlangan.

Adliya vazirligi 2018-yil sentabridan 2022-yilning mayigacha SpaceX “muntazam ravishda boshpana izlovchilar va qochqinlarni ariza berishdan to‘xtatib kelgan va fuqarolik maqomi tufayli ularni ishga olish yoki ko‘rib chiqishdan bosh tortganini” aytdi.

SpaceX

Boshpana izlovchi AQShda ishlash huquqiga ega. Bunday odamlar ijtimoiy sug'urta kartasini olish uchun murojaat qilishlari, chet elga chiqish uchun ruxsat so'rashlari va oila a'zolarini mamlakatga olib kelish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Va SpaceX go'yoki "eksportni nazorat qilish qonunlari" tufayli faqat fuqarolar va yashil karta egalarini yollashga ruxsat berilganligini aytdi. Adliya vazirligi bu noto‘g‘ri ekanligini va mazkur qonunlarda bunday cheklovlar ko‘zda tutilmaganini ta’kidladi.

Adliya departamenti SpaceX kompaniyasidan kamsitishlar tufayli ishlamaslik uchun tovon puli to'lashni ko'rib chiqishni so'radi.

Avvalroq, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Vivek Ramasvami, agar Ilon Mask saylansa, o‘z ma’muriyatida maslahatchi bo‘lishini istashini aytgandi.