Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask o‘yinlar bilan shug‘ullanishga qaror qilganini aytdi. Bugungi kunda sanoatda ulkan korporatsiyalar hukmronlik qilmoqda va shuning uchun u "o‘yinlarni yana buyuk qilish" uchun sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yangi o‘yin studiyasini yaratmoqchi.
Maskning bu so‘zlari Dogecoin yaratuvchilaridan biri Billi Markusning o‘yin ishlab chiquvchilari va jurnalistlarning qanday qilib "bunday mafkuraviy vasvasaga tushib qolganini" tushunmasligini aytgan so‘zlariga javoban yangradi, ayniqsa, geymerlar - haqiqiy geymerlar - "har doim ahmoqona manipulyatsion safsatalarni rad etishgan va kimdir o‘zini autsayder sifatida ko‘rsatishini aniqlay olishgan."
"Juda ko‘p o‘yin studiyalari yirik korporatsiyalarga tegishli, - dedi shaxsiy boyligi taxminan 322 milliard dollar bo‘lgan X, SpaceX va Tesla egasi Mask. - xAI o‘yinlarni yana buyuk qilish uchun sun’iy intellekt o‘yin studiyasini ochmoqchi."
Eslatib o‘tamiz, xAI kompaniyasi ixtiyorida kamida 100 000 ta zamonaviy Nvidia grafik protsessorlari mavjud.
Darvoqe, Maskning o‘zi ashaddiy geymer. Yaqinda u Diablo IV da yerto‘lani tozalash tezligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.