Ilon Mask so‘nggi sinov parvozi paytida Starship kosmik kemasi korpusiga mahkamlangan kameraga olingan bir nechta ajoyib fotosuratlarni e’lon qildi.
Suratlar Starship’ning Hind okeani ustidagi Yer atmosferasiga kirishini tasvirga oldi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu tahrirlanmagan suratlar nafaqat Yerda, balki koinotda ham ishlatiladigan Starlink sun’iy yo‘ldosh internet texnologiyasi yordamida uzatilgan.
Avvalroq, Starship 3 ni uchirish narxi Falcon 1 ga qaraganda arzonroq bo‘lishi ma’lum bo‘lgan edi, ammo ulkan raketa foydali yukdan 400 baravar ko‘p yuk ko‘taradi. Ilon Maskning ta’kidlashicha, Starship 3 uchirish narxi 2 million dollarga tushirilmoqchi.
Keyingi yili SpaceX Starshipni 25 marta uchirishi mumkin, bu yil esa u bor-yo‘g‘i 5 marta uchirishga ruxsat olgan. Kelajakdagi missiyalar uchun Starshipning quvvati va hajmini oshirish bo‘yicha SpaceX rejasi ham ma’qullandi.