Ilon Mask tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylangan mem, Rihanna va Teylor Sviftning postlarini chetlatib bu yilning eng mashhur tvitiga aylandi.
“Twitterga ega bo‘lgan, lekin hech qachon hech narsa joylashtirmaydigan odamlar” deb yozilgan suratda chekayotgan va olomonga qaragan erkak tasvirlangan.
Maskning tvitiga ikki yarim hafta ichida 1,5 milliondan ortiq layk va 128 000 dan ortiq retvit yig‘ildi. Milliarder bu postni 18 iyun kuni chop etgan. Bu post hozirgacha 78 million marta ko‘rilgan.
Britaniyaning Vogue jurnalida suratga olingan 1 yoshli o‘g‘li RZAning suratini tvitterda joylashtirgan Rihanna 1,3 milliondan ortiq “layk” yig‘di. Xabar 47 million marta ko‘rilgan.
Mask tomonidan joylangan yana bir surat, uning iti Floki aks etgan, uchinchi eng ko‘p ulashilgan tvit bo‘ldi. Fevral oyida, bir qator so'nggi postlarida Mask Twitterning yangi bosh direktorini "tanitdi".
Bu 1,2 million layk va 140 million marta ko'rildi.