Kuni kecha milliarder Ilon Mask Twitter’da o‘z izdoshlariga yana quyidagi savol bilan murojaat qildi: “Instagram odamlarni tushkunlikka soladi, Twitter esa odamlarni g‘azablantiradi. Nimasi yaxshiroq?".
Obunachilardan biri Twitter odamlarni jahlini chiqarmaydi, balki kuldiradi, deb javob berdi. Bunga javoban Ilon Mask Twitterda ko‘p kulishini aytdi.
Mask avvalroq ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq muammolardan biri bu “odamlarning hayoti o‘z hayotidan ko‘ra yaxshiroq ko‘rinayotgani” ekanini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Instagram odamlarni “haqiqatdan ham” yaxshiroq va baxtliroq ko‘rsatishi mumkin. Uning qo‘shimcha qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda jozibali va baxtli odamlarni ko‘rgandan so‘ng, odamlar “men u qadar chiroyli emasman va u qadar ham baxtli emasman” deb o‘ylashlari mumkin.
O‘tgan yili Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olgan Ilon Mask odamlar ijtimoiy tarmoqlardan kamroq foydalanishi kerakmi, degan savol ham bor.