Ovozli tinglash

Apple 7-sentabr kuni iPhone 14 smartfonlari va boshqa yangi mahsulotlarni namoyish etadigan yangi qurilma taqdimotini o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kupertinodagi kompaniya rejalari bilan tanish manbalarga tayanib, Bloomberg xabar bermoqda.

Tadbir onlayn tarzda o'tkaziladi. Kompaniya allaqachon video taqdimotni yozmoqda. iPhone 14 sotuvi sentabr oyi o‘rtalarida boshlanadi. Ayrim Apple Store xodimlariga 16-sentabrdagi taqdimotga tayyorgarlik ko‘rish tavsiya qilindi.

iPhone 14 Bloomberg

Apple iPhone 14’ning to‘rtta modelini taqdim etadi.Oddiy versiyalarida A15 Bionic chipi saqlanib qoladi, Pro versiyalarida esa A16 Bionic, yangi ekran kesiklari va 48MP kamera bo‘ladi.

Apple Watch Series 8 ikkita versiyada chiqariladi, jumladan, ekstremal sport turlari uchun mos himoyalangan. Kompaniya Apple Watch SE ni ham yangilaydi.

Yangi iPad va Mac taqdimoti oktyabr oyida alohida tadbirda bo'lib o'tadi.