Majin Bu taxallusi ostidagi insayder iPhone 17 Pro kamerasining orqa bloki tasvirlangan suratni e’lon qildi.
Bungacha YouTube’dagi Front Page Tech kanali muallifi Jon Prosser iPhone 17 Pro‘ga tanish uchburchak shaklidagi uchta asosiy kamera o‘rnatilishini, biroq kameralar mutlaqo yangi to‘rtburchak shaklidagi yumaloq burchakli kameralar paneliga joylashtirilishini tasdiqlagan edi. Uning ta’kidlashicha, kamera bloki katta bo‘ladi, kamera modullari chap tomonda joylashadi, yorug‘lik diodli chaqmoq, orqa mikrofon va LiDAR skaneri esa o‘ng tomonda vertikal tarzda joylashadi.
iPhone 17 Pro ikki rangli bezak olishi kutilmoqda, bunda kamera paneli orqa panelning qolgan qismidan to‘qroq ko‘rinadi. iPhone 17 Pro Max’da ham xuddi shunday dizayn kutilmoqda.
Axborotchi Majin Bu avvalroq iPad mini, iPhone 12 ranglari, iPhone 15 braki haqida aniq ma’lumotlarni oshkor qilgan, shuningdek, iPhone 16 maketlarining aniq suratlarini e’lon qilgan edi.