Janubiy Koreyaning fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi metadunyo sanoatini rivojlantirishga 223 milliard von (173 million dollar) dan ortiq sarmoya kiritmoqda. Investitsiyalar metadunyoni o'rganish uchun laboratoriyalar, akademiyalar, aspiranturalar yaratishga yo'naltiriladi.
Ushbu mablag'larning bir qismi, shuningdek, Janubiy Koreyaning Chuncheon shahrida sun'iy intellekt va metadunyo yordamida tabiiy ofatlar paytida xavfsizlikni boshqarish tizimini yaratish uchun ishlatiladi. Ushbu loyiha dastlab 2021 yilda taqdim etilgan. Metadunyo sanoatida ishlab chiquvchilar, ijodkorlar va boshqa iste'dodlarni tarbiyalash maqsadida vazirlik beshta joyda metadunyo Convergence aspiranturalarini tashkil etish uchun 3,5 milliard von sarmoya kiritmoqda. Bundan tashqari, magistrantlar va doktorantlar uchun 12 ta metadunyo laboratoriyalarini qurishga 2,8 milliard von sarmoya kiritiladi.