Meta Platforms Inc. rahbari Mark Tsukerberg Reality Labs bo'linmasida milliardlab yo'qotishlarga qaramay, metadunyo rivojlanishi strategiyasidan voz kechmaydi.
"Metadunyo yaratish uzoq muddatli loyihadir va buning asosi bir xil bo'lib qolmoqda. Biz unga sodiq qolishda davom etamiz"
Tsukerberg choraklik hisobot taqdimotidan so'ng shunday bayonot berdi.
Reality Labs virtual haqiqat va metadunyo ishlab chiqish bo'limi joriy yilning birinchi choragida 3,99 milliard dollarlik operatsion zararni qayd etdi. Reality Labs yillik hisobotiga ko'ra, 2022 yil davomida bo'limning operatsion zarari 13,72 milliard dollarni tashkil etdi. Biroq, umuman olganda, Meta hisoboti optimistik bo'lib chiqdi, natijada ularning aktsiyalari ko'tarildi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, birinchi chorakdagi daromadlar kutilganidan oshib ketdi, xarajatlar kamaydi va joriy chorakdagi prognoz oshib ketdi.
Sun'iy intellekt-Metaning yangi maqsadi
Kechagi nutqida Tsukerberg uning kompaniyasi ham sun'iy intellektga e'tibor qaratishini qo'shimcha qildi. Fevral oyida Meta generativ sun'iy intellekt (AI) uchun yangi jamoa tuzdi. Kecha Tsukerberg loyihaning bir nechta yangi tafsilotlarini oshkor qildi. Uning so'zlariga ko'ra, sun'iy intellekt bo'yicha ishlar ikkita asosiy yo'nalishda olib borilmoqda: ijtimoiy tarmoqlar va reklama uchun ommaviy tavsiyalar va reytinglar, shuningdek, "generativ sun'iy intellektga asoslangan" yangi variantlar. Eslatib o'tamiz, Meta o'zi metadunyo yaratadigan neyron tarmog'ini tayyorlamoqda.