Ovozli tinglash

Forbes talqiniga ko‘ra, mashhur Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov Birlashgan Arab Amirliklarining eng boy odami hisoblanadi.

Ayni paytda milliarderning boyligi 15,1 milliard dollarga baholanmoqda. O'tgan yili Pavel Durov ham ushbu mamlakatda yashab, ishlayotgan eng boy odam sifatida tan olingan edi.

Forbes

Eslatib o‘tamiz, Pavel Durov to‘rtta fuqarolikka ega: Rossiya Federatsiyasi, Sent-Kits va Nevis federatsiyasi, Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklari. U o'tgan yilning fevral oyidagina Birlashgan Arab Amirliklari fuqaroligini oldi.

Durov 2006 yildan 2014 yilgacha boshqargan "VKontakte" ijtimoiy tarmog'i va shu nomdagi kompaniya yaratuvchilardan biri.

Forbes milliarderlarining umumiy ro'yxatida Durov 123-o'rinni egallaydi. O‘tgan yili uning boyligi 17 milliard dollardan oshdi.