Ovozli tinglash

OpenAI bosh direktori Sem Altman (Sam Altman) xodimlarga kompaniya direktorlar kengashi Ilon Maskning "taklifi"dan manfaatdor emasligini aniq ko‘rsatmoqchi ekanligini aytdi, deb yozadi Reuters Information nashriga tayanib.

Avvalroq Ilon Mask boshchiligidagi konsorsium OpenAI’ni nazorat qiluvchi notijorat tashkilotni sotib olish uchun 97,4 mlrd dollar taklif qilgani ma’lum bo‘lgandi. Maskning o‘zi OpenAI nomini o‘ylab topganini, bu Open Source AI degan ma’noni anglatishini va kompaniyani asl yo‘nalishiga qaytarmoqchi ekanligini aytdi.

Shu bilan birga, bosh direktor Sem Altman kompaniyani tijorat tuzilmasiga aylantirmoqchi. Maskning taklifiga javoban u X ni 9,74 milliard dollarga sotib olishni taklif qildi.

Ammo yakuniy qarorni direktorlar kengashi qabul qiladi.