Samsung Electronics endi to'rt yil oldin debyut qilgan flagman Galaxy S10 smartfonlari va arzon narxlardagi Galaxy A50 uchun dasturiy ta'minot yangilanishlarini chiqarmaydi. Bu Samsung tomonidan 2023-yil aprel oyida xavfsizlik yangilanishi haqida e'lon qilingan yangi tafsilotlardan ma'lum bo'ldi.
Dasturiy ta'minotni yangilash jadvaliga ega Samsung sahifasida endi Galaxy A50, Galaxy S10e, Galaxy S10 va Galaxy S10+ ko'rsatilmagan. Galaxy A50 smartfoni bortida Android 9 bilan chiqarilgan va ikkita asosiy OS yangilanishini olgan: Android 10 va Android 11. Galaxy s10e, Galaxy S10 va Galaxy S10+ esa Android 9 bilan debyut qilindi va uchta asosiy OS yangilanishini oldi: Android 10, Android 11 va Android 12. Ba'zi sabablarga ko'ra istisno Galaxy S10 5G modeli edi. 2019-yil fevral oyida Galaxy S10 liniyasining qolgan a'zolari bilan birga chiqarilganiga qaramay, Galaxy S10 5G versiyasi dasturiy ta'minot yangilanishlarini olishda davom etadi. Shuningdek, 2020-yil boshida debyut qilgan Galaxy S10 Lite ham yangilanishlarni olishda davom etadi.