Taniqli insayder Evan Blass tufayli internetda Samsung Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra smartfonlarining yangi suratlari paydo bo'ldi.
Bundan tashqari, Samsung telefon stend vazifasini bajara oladigan uzukli telefon qutisini chiqaradi.
Xabar qilinishicha, Samsung Galaxy S23 va Galaxy S23+ mos ravishda 6,1 dyuym va 6,6 dyuymli FHD+ tekis ekranlarga, shuningdek, mos ravishda 3900 milliAmper va 4700 milliAmperli batareyalarga ega. Samsung Galaxy S23 Ultra 6,8 dyuymli 2K ekran, 5000 mA/soat sig‘imli katta akkumulyator va yangi kamera sensoriga ega 200 megapikselli asosiy kameraga ega bo‘ladi. Snapdragon 8 Gen 2 yagona chipli tizimining so'ngi versiyasi bilan jihozlangan uchta modelning barchasi kelasi hafta, 1 fevralda taqdim etiladi.
Evan Blass deyarli har doim har bir taqdimot oldidan Samsungning yangi mobil innovatsiyalari haqida aniq ma'lumotlarni oshkor qilishi bilan mashhur.