Samsung Electronics kompaniyasi 2023-moliya yilining birinchi choragidagi moliyaviy ko'rsatkichlar bo'yicha prognozni e'lon qildi, kompaniyaning hisob-kitoblari shuni ko'rsatadiki, uning yillik operatsion daromadi 96% ga kamayadi!
Aniqrog'i, kompaniya taxminan 455 million dollar foyda kutmoqda, bir yil oldin esa 10,7 milliard dollar foyda qilgan edi. Ummumiy daromad 59 milliard dollardan 47,8 milliard dollarga tushadi. SamMobile ma'lumotlariga ko'ra, yarimo'tkazgich mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun mas'ul bo'lgan Samsung Device Solutions bo'limi chorak yakunida 3 milliard dollar zarar ko'rdi, bu Samsung biznesining 14 yil ichida birinchi yo'qotishidir!