Rossiyaning "Starlink"ga muqobil bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi 2030-yilga kelib ishga tushishi kafolatlangan, dedi "Roskosmos" rahbari Yuriy Borisov.
"2030 yil - kafolatli. Ehtimol, 2028-2029-yillarda," - dedi Borisov, xorijdagi rossiyaliklar qachon Starlink rus analogidan foydalanishlari mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan.
Rossiyada past va o‘rta orbitali sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlarining ikkita istiqbolli loyihasi Roskosmos va "Byuro 1 440" xususiy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda.
"Starlink"ga o‘xshash loyihani bizda "Byuro 1440" amalga oshiradi. Past orbitallarda [internetga] keng polosali kirish xizmatlari taqdim etiladi. Bu xizmatga qo‘shimcha ravishda biz "Skif" kosmik guruhini ham rivojlantirmoqdamiz. Biz apparat namoyishini 2022-yilning kuzida ishga tushirdik.
Yuriy Borisov
Uning ta’kidlashicha, bugun guruhni kengaytirishga shoshilmaslik kerak: "Iqtisodiyot va mudofaa, xavfsizlik manfaatlari yo‘lida xizmatlar sifati va minimal zarur hajmini taqdim etish haqida o‘ylash kerak.