Focus to Move tomonidan to‘plangan ma’lumotlarga tayanib Electrek’ning xabar berishicha, Tesla bir vaqtning o‘zida ikkita modeli bilan dunyodagi eng ko‘p sotilgan avtomobillar o‘nligiga kirdi. Tesla Model Y 759 000 ta avtomobil bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi, bu o‘tgan yilgi natijaga nisbatan 88 foizga yaxshilangan. Tesla Model 3 sotuvi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 foizga o‘sib, 596 mingta avtomobilni tashkil etib, yettinchi o‘rinni egalladi. Toyota global avtomobil yetkazib berish bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda, biz allaqachon xabar qilganimizdek, dunyodagi eng ko‘p sotilgan yengil avtomobillar beshligida uchta model bor.
O'tgan yili dunyoda eng ko'p sotilgan 7 ta avtomobil quyidagicha ko'rinadi: