Ovozli tinglash

Tesla avtomobillari tez orada yangilanish oladi, bu ularga nafaqat ochiq joylarda, balki garajlarda ham mustaqil to‘xtash imkonini beradi.

Bu haqda Tesla avtonom haydash va sun’iy intellekt bo‘limi boshlig‘i Ashok Allusvami (Ashok Alluswamy) so‘zlab berdi va u Tesla o‘zining FSD paketi uchun yaxshilangan avtoturargoh funksiyasini ishlab chiqayotganini tasdiqladi. Ushbu yangi funksiya FSDni uchuvchisiz boshqarish imkoniyatlarini oshiradi.

Tesla ko‘p yillardan beri o‘zining FSD avtopilotini takomillashtirish ustida ishlamoqda. Yaqinda chiqarilgan v13 versiyasi so‘nggi yillardagi eng yaxshi versiyalardan biri hisoblanadi. Tesla bu bilan cheklanib qolmaydi va yangi funksiyalarni ishlab chiqishda davom etadi, bu esa yaqin bir necha yil ichida Robotaxi uchuvchisiz taksi xizmatini ishga tushirish uchun zamin yaratadi.

Hozirgi vaqtda FSD ochiq va yopiq jamoat avtoturargohlarida avtomatik ravishda to‘xtash imkoniyatiga ega, ammo hozircha oddiy kichik garajlarda to‘xtash mumkin emas.