Nyurburgring trekida ishlaydigan taniqli bloger Misha Charudin Model S Plaid rekordi allaqachon yangilanganini aytdi, ammo kim tomonidan aniqlanmagan. Uning ta'kidlashicha, Nyurburgringning yangi rekordi brendning 75 yilligini nishonlash paytida rasman e'lon qilinishi mumkin. Kompaniyaning nomi oshkor etilmagan, biroq biz yaqinda Porsche sport avtomobillarining 75 yilligini nishonlash uchun yangi logotipni taqdim etgani haqida xabar bergan edik.
Ma'lumki, Porsche kompaniyasi Taycanning 761 ot kuchiga ega Turbo S prototiplaridan ko'ra kuchliroq versiyasi premyerasiga hozirlik ko'rmoqda. Yangi Taycan taxminan 1000 ot kuchi ishlab chiqarishi kutilmoqda. Ilgari 1034 ot kuchiga ega Tesla Model S Plaid Nyurburgring atrofida 7 daqiqa 25,31 soniyada rekord darajadagi aylanishni bosib o‘tgan, bu Porsche Taycan Turbo S natijasidan 8 soniyadan ko‘proq tezdir.