Bitkoin narxi Teslaning birinchi kriptovalyuta zahiralarining 75 foizini sotishga qaror qilgani sababli 2,5 foizga arzonlashdi, bu kompaniyaning choraklik hisobotidan ma'lum bo'ldi. 20-iyul oqshomida bitkoin 0,7 ming dollarga tushib, 20 ming dollarni tashkil qildi.21-iyul kuni ertalab kriptovalyuta yana deyarli 23 ming dollarga qimmatlashdi.
Tesla bir necha hafta ichida bitkoin sotish va sotib olishdan deyarli 940 million dollar ishlab oldi.
Bitkoin o‘zining maksimal qiymatiga 2021-yil 8-noyabrda yetdi – o‘shanda kriptovalyutaning narxi 67 549 dollarni tashkil etdi. Shundan so‘ng raqamli aktivning narxi asta-sekin pasayishni boshladi. 18 iyun kuni bitkoin narxi 2020 yildan beri birinchi marta 20 000 dollardan pastga tushdi. U bilan birga Ethereum, Binance Coin va boshqa altkoinlar arzonlashmoqda.
2021-yil yanvar oyida Tesla bitkoinga 1,5 milliard dollar sarmoya kiritdi, bu kriptovalyuta qiymatining keskin oshishiga olib keldi.