Tesla uch qator va yetti o‘rindiqli yangi Model Y’ning uzoq kutilgan versiyasini chiqarishini rasman tasdiqladi.
O‘tgan oyda yangi Model Y 2025’ning rasmiy jahon premyerasi bo‘lib o‘tdi. Launch Edition’ning dastlabki versiyasi yangi interyer va tashqi dizayn, shuningdek, yaxshilangan osma tizimi va yaxshilangan tovush izolyatsiyasiga ega laminatlangan oyna kabi bir qator muhandislik yaxshilanishlariga ega bo‘ldi.
Biroq, Launch Edition versiyasi faqat besh o‘rinli konfiguratsiyada mavjud. So‘nggi ikki yil ichida dunyodagi eng ko‘p sotilgan elektromobil bo‘lgan Model Y yetti o‘rindiqli versiyasiga har doim talab yuqori bo‘lgan. Tesla kompaniyasining ta’kidlashicha, yetti o‘rinli versiya joriy yil oxirigacha rasman taqdim etilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, mashinaning kuchliroq versiyasi va’da qilingan.
Model Y ixcham krossover bo‘lgani uchun uning yukxonasi an’anaviy uchinchi qator o‘rindiqlarini joylashtirish uchun yetarlicha keng emas. Shunga qaramay, avvalroq Tesla Model Y’ning yetti o‘rindiqli versiyasini chiqardi, uning uchinchi qator o‘rindiqlari nisbatan ixcham bo‘lib, bolalar yoki past bo‘yli kattalar uchun mos keladi.
Eslatib o‘tamiz, avtomobilning o‘lchamlari g‘ildirak bazasi 2890 mm bo‘lganda 4797 x 1920 x 1624 mm ni tashkil etadi.