Toyota yaqin uch yil ichida yangi avlod elektromobilini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “TASS” avtomobil ishlab chiqaruvchisi bayonotiga tayanib.
Biz 2026 yilgacha yangi avlod elektromobilini ishlab chiqish niyatidamiz, shuningdek, hozirgi elektr transport vositalarini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz.
Toyota
Yangi avtomobilning kuzov turi, uning elektr stansiyasining xarakteristikalari va boshqa parametrlari haqidagi tafsilotlar hozircha sir saqlanmoqda. O‘tgan yili yapon avtogiganti elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishga 5,5 milliard dollar sarmoya kiritish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. O'tgan haftada ulkan krossover Toyota Grand Highlander 2024 model yili e'lon qilindi.