Mashhur WhatsApp messenjeri jamoasi uchinchi tomon xabar almashish platformalari bilan moslikni ta'minlaydigan yangi funksiya ustida faol ishlamoqda. WABetaInfo tematik resursi WhatsApp’ning so‘nggi beta-versiyasida yashirin uchinchi tomon suhbatlari bo‘limini topdi.
Yangi bo'limda WhatsApp foydalanuvchilari Telegram va Discord, Signal va Viber kabi raqobatdosh messenjerlar foydalanuvchilari bilan muloqot qilishlari mumkin bo'ladi.
Yangilik Yevropa Ittifoqining messenjerlarning o‘zaro muvofiqligi bo‘yicha talablariga muvofiq ishlab chiqilmoqda, bu 2024-yil bahorida majburiy bo‘ladi. Yangi funksiyani ishga tushirishning aniq sanasi hozircha maʼlum emas.