Ovozli tinglash

Xiaomi kompaniyasi akkumulyator sig‘imi 6000 mA/soatga teng bo‘lgan yangi Redmi 10 Power smartfonini 195 dollar qiymatida sotuvga chiqardi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Yangi smartfon HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan va 60 gertsli yangilanish chastotasiga ega 6,71 dyuymli ulkan IPS-displey bilan jihozlangan. Ekranni himoyalashda Gorilla Glass 3 shishasidan foydalanilgan.

Smartfon ichidan Snapdragon 680 protsessori, 8 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotira o‘rin olgan, akkumulyator sig‘imi 6000 mA/soatni tashkil etadi. Qurilma 18 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega.

Redmi 10A, Redmi 10 Power launched in India: Check price, features |  Technology News,The Indian Express

Kameralari — 5 megapikselli frontal va 50 megapikselli asosiy datchik. Uning yonida chuqurlikni o‘lchashga mo‘ljallangan 2 megapikselli datchik o‘rin olgan. Barmoq izi skaneri ham kamera moduli yonida joylashgan.

Yangi apparatning narxi 195 dollarni tashkil etadi. Hindistonda smartfon qora va to‘q sariq rangda taklif etilmoqda.

Bundan oldin Xiaomi 4K sifatga ega egilgan ekran va o‘ziga xos ko‘z skaneri bilan jihozlangan smartfonni tayyorlayotgani, Xiaomi Civi — kompaniyaning eng ingichka smartfoni taqdim etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.