Ovozli tinglash

Tesla kompaniyasining yirik bozorlardagi barcha modellari narxlarini pasaytirish qarori elektro mobillar bozoridagi boshqa kompaniyalarni noroziligiga sabab bo‘ldi. Kuzatuvchilarning qayd etishicha, elektromobillar uchun Xitoyda haqiqiy narx urushi davom etmoqda.

Xitoyda elektromobil startapi XPeng ham o‘zining eng mashhur modellarining narxini pasaytirdi. 17-yanvardan boshlab kompaniyaning rasmiy sahifasidagi xabarnomada narxlarning 13% gacha pasayishi e'lon qilindi. Brendning eng ko‘p sotiladigan sedani XPeng P7 hozirda 31 000 dollardan boshlab sotiladi, bu avvalgidan 4 500 dollarga arzon (12,5 foizga). Xpeng G3i krossoverining boshlang‘ich narxi 22 000 dollargacha tushdi, bu avvalgisiga nisbatan 12 foizga kamaydi.

Tesla

Kompaniyaning eng hamyonbop sedani XPeng P5 narxi ham 13 foizga arzonlashib, 23 200 dollarga tushdi. Yaqinda taqdim etilgan XPeng G9 flagman SUV narxlari o'zgarishsiz qolmoqda. XPengning ta'kidlashicha, narxlarning pasayishi uning avtomobillarini xitoylik xaridorlar uchun yanada jozibador qiladi va ularning raqobatbardoshligini oshiradi.

Tesla avvalroq AQSh, Xitoy va Yevropada narxlarni pasaytirgan edi.