Ovozli tinglash

Macrumors maʼlumotlariga koʻra, bugun, 17-oktabr kuni Apple kompaniyasi yangi arzon 11-avlod iPad’ni taqdim etadi. Nashr yangi iPad 10-avlod modeli bilan bir xil dizaynga ega bo‘lishini va aksessuarlar “mukammal mos” bo‘lishini ta’kidlagan Majin Booning so‘zlariga tayanadi.

Bloomberg muxbiri Mark Gurman yakshanba kuni yangi iPad'lar ishlab chiqilayotgan bo'lsa-da, bu oyda yangi modellar kutilmasligini aytdi va 9to5Mac va Supercharged News Apple imkon qadar tezroq yangi iPad mini, iPad Air va iPad modellarini taqdim etishni rejalashtirayotganini da'vo qilmoqda. Yaponiyaning Mac Otakara sayti Apple yangi iPad’larni taqdim etishni rejalashtirmagani, aksincha yangi Apple Pencil 3’ni taqdim etishi haqida xabar berdi.

iPad

Majin Boo o'tmishda 10-avlod iPad haqida aniq ma'lumot bergan. O'tgan haftada u birinchi bo'lib Apple almashinadigan magnit uchlari bo'lgan Apple Pencil 3 ni taqdim etishi haqida xabar bergan edi.