Salesforce kompaniyasi Rune Technologies startapini 375 mln dollarga sotib olişga kelişib oldi. Bitim naqd pul va aksiyalar orqali amalga oşiriladi. Bu haqda dastlab Resilience Media naşri xabar bergan, TechCrunch esa xabarni takrorlagan. Salesforce TechCrunch’ning izoh berişi haqidagi söroviga javob bermagan.

Rune 2024-yilda taşkil etilgan. Startap AQŞ armiyasiga ta’minot ehtiyojlarini oldindan aniqlaş va dala şaroitida logistikani boşqarişda yordam beruvçi sun’iy intellekt dasturini işlab çiqadi. Kompaniya jami 30 mln dollar investitsiya jalb qilgan. Investorlar orasida Andreessen Horowitz, Point72 Ventures va Markaziy razvedka boşqarmasi qöllab-quvvatlaydigan notijorat vençur fondi IQT (avvalgi nomi In-Q-Tel) bor. PitchBook ma’lumotlariga köra, 2025-yilda Human Capital boşçiligidagi A raund paytida Rune 127 mln dollarga baholangan.
Xarid Salesforce’ning milliy xavfsizlik va mudofaa idoralari bilan işlaydigan Missionforce bölimini kengaytiradi. Kompaniya ma’lum qilişiça, ötgan yili işga tuşirilgan Missionforce biznesi bir yilda 80 foizga ösgan. Bölim AQŞ armiyasi bilan 10 yillik, 5,6 mlrd dollarlik şartnoma tuzgan. Rune’ning old marradagi logistika ma’lumotlari Missionforce işini ofis rejalaştirişidan jang maydonidagi operatsiyalargaça kengaytirişi kerak.
Bu Salesforce’ning 2026-yildagi navbatdagi xaridi. Bu yil kompaniya sun’iy intellekt agentlari platformasi Fin’ni (avvalgi nomi Intercom) 3,6 mlrd dollarga, Qualified’ni esa 1,2 mlrd dollarga sotib olişga kelişgan. Bundan taşqari, Salesforce Listen Labs startapini ham xarid qilgan: u bundan oldin 1,5 mlrd dollarlik baho bilan 125 mln dollarlik C raund taklifidan voz keçgan edi.