Restoran va çakana savdo uçun buyurtmalar hamda yetkazib berişni boşqaruv platformasi Delever 380 ming dollarlik investitsiya raundini yopdi. Bu haqda kompaniya asosçisi Faxriddin Yusupov Spot naşriga ma’lum qildi.
Mablağning 300 ming dollarini AloqaVentures vençur fondi, 80 ming dollarini esa Nexus Club biznes-fariştalar klubi kiritdi. AloqaVentures Delever'ga ikkinçi marta sarmoya kiritmoqda: fond 2024-yilda pre-seed bosqiçida startapga 100 ming dollar ajratgan edi. AloqaVentures va Nexus Club hamkori Davron Parmonovning aytişiça, Delever birinçi raunddan keyin tezda zararsizlik nuqtasiga çiqqan.
Kompaniya öz mahsulotini restoranlar uçun yagona operatsion tizim sifatida taqdim etadi. U turli savdo kanallaridan buyurtma qabul qilişni, agregatorlar bilan integratsiyani, POS-kassalarni hamda yetkazib beriş va kuryerlarni boşqarişni birlaştiradi. «Yetkazib beriş xizmati bor restoranga önlab tarqoq servislar emas, bitta tizim kerak», — deydi Yusupov.
Hozirda platformadan 1400 dan ortiq restoran va dökon foydalanadi, ularning asosiy qismi Özbekiston va Qozoğistonda. Kompaniya saytiga köra, Delever Qirğiziston, Ozarbayjon, Gruziya, Meksika va Kiprda ham işlatiladi, BAA, AQŞ, Çexiya va Italiyada esa sinov loyihalari olib borilmoqda.
Jalb qilingan investitsiya mahsulotni rivojlantiriş, yangi funksiyalar qöşiş va yangi bozorlarga çiqişga yönaltiriladi. Parmonovning sözlariga köra, maqsad bu bozorlarni egallaş va jadal kengayişdir. Delever Ostona xalqaro moliya markazida röyxatdan ötgan hamda IT Park Uzbekistan va Astana Hub rezidenti hisoblanadi.