Binance kriptobirjasi 1-noyabr, yakşanba kuni yirik xakerlik hujumidan söng foydalanuvçilarga mablağ yeçib olişni qayta yoqdi. CoinDesk naşri xabar berişiça, bu hujum tarixdagi eng yirik deb baholanmoqda. Birinçi yeçib oliş oynasi UTC böyiça soat 06:00 dan 09:00 gaça işladi, bu haqda birja X ijtimoiy tarmoğida e’lon qildi.

Dastlabki bosqiçda BTC, ETH, USDT, USDC, BNB va XRP kabi aktivlar oçildi, eng köp söralgan tarmoqlarga ustuvorlik berildi. Keyingi bosqiçlar har bir blokçeyn xavfsizlik va barqarorlik tekşiruvlaridan öta olişiga bağliq. Binance vakili ta’kidlaşiça, birja mablağlarga kiriş imkonini xavfsiz tarzda, nazorat ostida tiklamoqda.
Hujum payşanba kuni keçqurun sodir bölgan. Binance hisob-kitobiga köra, birjaning “issiq” hamyonlaridan taxminan 6,3 mlrd dollar ögirlangan. TRM Labs ma’lumotlariga köra, xakerlar 18 270 BTC (taxminan 1,47 mlrd dollar), Ethereum tarmoğida 200 630 ETH, 1,875 mlrd USDT va 823 mln USDC, şuningdek 233,46 mln XRP, 970 500 SOL va boşqa blokçeynlardagi qöşimça USDT’ni olib ketgan. Blokçeyn tahlili kompaniyalari hujumni Şimoliy Koreya bilan bağliq TraderTraitor guruhi amalga oşirgan deb hisoblamoqda. Avvalroq AQŞ Federal qidiruv byurosi ham hujumda Şimoliy Koreyaning roli borligini tasdiqlagan edi.
Binance ma’lumotiga köra, kompaniya ta’sirlangan aktivlarning qariyb 95 foizini öz mablağlari, jumladan foydalanuvçilar uçun favqulodda zaxira – SAFU fondi hisobidan qoplagan. Bir kun avval bu körsatkiç 90 foiz edi. Qolgan 5 foiz eng yirik önlikka kirmaydigan, kamroq likvid tokenlarga töğri keladi, birja ularni bozor va OTC kanallari orqali sotib olmoqda. Taxminan 3 mlrd dollar, asosan USDT va USDC muzlatilgan: bu tokenlarni emitentlar bloklaşi mumkin, BTC va ETH’ni esa bunday usulda muzlatib bölmaydi.
Kompaniya ögirlangan mablağlar böyiça moliyaviy zararni öz zimmasiga olişini va u foydalanuvçilarga ötkazilmasligini ma’lum qildi. Birja vakiliga köra, BTC, ETH, USDT, BNB, SOL, USDC, XRP, USD1, RLUSD va ZEC balanslari 100 foiz ta’minlangan. Binance zaxiralar mavjudligini tasdiqlovçi töliq hisobotni e’lon qilişga va’da berdi.