OpenAI boş direktori Sem Altman Janubiy Koreyaga taşrif buyurdi. Bloomberg naşri xabar berişiça, u 2026-yil 31-oktabr kuni Seuldan janubda joylaşgan Yongin şahrida Samsung guruhiga kiruvçi kompaniyalarning 50 ga yaqin rahbari bilan uçraşdi. Uçraşuv haqida Samsung’ning özi ma’lum qildi.
Uçraşuvda elektronika, moliya va biotexnologiya yönalişlarida faoliyat yurituvçi kompaniyalar vakillari qatnaşdi. Tomonlar sun’iy intellekt kelgusi ön yil içida biznesni qanday özgartirişi, korporativ qarorlar qabul qiliş jarayoni va yangi biznes imkoniyatlarini muhokama qilişdi. Şuningdek, xotira va hisoblaş infratuzilmasi sohasidagi uzoq muddatli hamkorlik masalalari ham kun tartibida böldi.

Ikki kompaniya hamkorligining asosida Samsung OpenAI’ning Stargate loyihasi uçun xotira çiplarini yetkazib berişi turadi. Bundan taşqari, ular sun’iy intellekt uçun ma’lumot markazlarini, jumladan dengizda suzuvçi platformalarni birgalikda işlab çiqmoqda. Samsung’ning özi ham sun’iy intellektni tadqiqot va işlab çiqarişdan tortib marketing va korporativ boşqaruvgaça barça faoliyatida qöllamoqda.
Uçraşuv xotira taqçilligi keskin kuçaygan bir paytga töğri keldi. Taqçillik sun’iy intellekt infratuzilmasi narxini sezilarli darajada oşirib yubordi, protsessorlar, tezlatkiçlar va maişiy elektronika komponentlari ham qimmatlaşdi. Sohadagi eng yirik beşta kompaniya yaqin yillarda sun’iy intellekt infratuzilmasiga 3 trln dollardan ortiq sarmoya kiritişni rejalaştirmoqda, xotira esa ma’lumot markazlari umumiy xarajatlarining taxminan uçdan bir qismini taşkil etadi.

Yetkazib beriş zanjirini mustahkamlaş uçun Koreyaga boşqa texnologiya rahbarlari ham kelmoqda: ötgan yildan beri Nvidia boş direktori Jensen Huang va AMD rahbari Lisa Su Janubiy Koreyaga ikki martadan taşrif buyurgan. Eslatib ötamiz, yaqinda Altman uy kompyuterlarida operativ xotira böliši «ança yomon» ekanini, u sun’iy intellekt ma’lumot markazlarida foydaliroq bölişini aytgan edi.