CNBC naşri xabar berişiça, sun’iy intellekt reklama bozorining ikki yirik öyinçisiga turliça ta’sir körsatmoqda. 2026-yilning uçinçi çoragida Meta’ning reklamadan tuşgan daromadi ötgan yilning şu davriga nisbatan 26 foizga oşib, 63,1 mlrd dollarga yetdi. Google’ning qidiruv va boşqa xizmatlar bölinmasi esa 12 foizga ösib, 63,4 mlrd dollarni taşkil etdi. Naşrga köra, 14 foizlik bu farq 2021-yildan beri Meta foydasiga eng katta körsatkiçdir.

Meta Connect tadbiri

Meta moliya direktori Syuzan Li ma’lum qilişiça, kompaniyaning sun’iy intellekt tavsiyalaridan foydalangan reklama beruvçilar deyarli 5 foizga köproq konversiyaga erişgan va reklama xarajatlarini 9 foizga oşirgan. Uçinçi çorakda 10 millionga yaqin reklama beruvçi Meta’ning kamida bitta sun’iy intellekt vositasidan foydalangan. Kompaniya rahbari Mark Sukerberg reklamani aniq auditoriyaga yönaltiriş yaxşilanganini sun’iy intellektga kiritilgan investitsiyalar bilan bağladi.

Google uçun vaziyat murakkabroq. ChatGPT va Claude kabi sun’iy intellekt yordamçilari ommalaşayotgan bir paytda Emarketer tahlilçisi Neyt Elliott qidiruv odatlarining özgarişi Google reklama biznesi uçun halokatli bölişi mumkinligini aytdi. UBS tahlilçilari esa Google natijalaridan söng qidiruvning sun’iy intellekt tomonidan siqib çiqarilişi bilan bağliq xavotirlar qayta kuçayganini ta’kidladi. Google biznes bölimi rahbari Filipp Şindler kompaniya Gemini’ni butun reklama infratuzilmasi böylab joriy etayotganini ma’lum qildi.

Alphabet moliyaviy natijalari

Natijalar e’lon qilinganidan söng Alphabet aksiyalari 12 foizdan köproq tuşib ketdi. Bu kompaniya tarixidagi eng yomon kun bölib, uning bozor qiymatidan qariyb 500 mlrd dollar yöqoldi. Ayni paytda Google’ning bulutli xizmatlar bölinmasi 100 foizdan ziyod ösib, çoraklik daromadi 31 mlrd dollarga yetdi, YouTube esa taxminan 11 mlrd dollar daromad keltirdi.

Biroq Meta ham bosimdan holi emas: kompaniya aksiyalari oktyabrda 14 foizga arzonlab, 2022-yil oktyabridan beri eng yomon oyni boşdan keçirdi. Ikkala kompaniya ham sun’iy intellektga katta mablağ sarflamoqda: Google 2026-yilda kapital xarajatlarni 205 mlrd dollargaça, Meta esa 145 mlrd dollargaça yetkazişni kutmoqda. Reklama Google daromadining uçdan ikki qismidan kamroğini, Meta savdolarining esa 98 foizini taşkil etadi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar