BYD’ning ultra-lyuks brendi Yangwang yangi flagman sedani – Yangwang Altior haqida yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Electrek naşri xabar berişiça, Yangwang boş menejeri Hu Xiaoqing juma kuni avtomobil teskari tomonga oçiladigan eşiklarga ega bölişini tasdiqladi. BYD avtomobillarida bunday eşiklar birinçi marta qöllanmoqda. Ular deyarli 90 darajaga oçiladi.

Yangwang Altior sedanining Gemstone radiator panjarasi

Yangwang – BYD’ning eng qimmat brendi bölib, uni BMW’ning Rolls-Royce brendi hamda Mercedes-Maybach bilan qiyoslaşadi. Brend modellari qatorida U7 sedani, U8 yöltanlamas SUV va U9 elektr superkari bor. Ularda 1300 ot kuçidan ortiq quvvatga ega törtta elektr motorli e4 platformasi, ikkinçi avlod Blade akkumulyatorlari, Flash Charging tezkor quvvatlaş texnologiyasi va DiSus-X kuzov boşqaruv tizimi qöllanilgan.

Hu Xiaoqing, şuningdek, avtomobilning old qismini ham namoyiş etdi: unda nuqtali matritsa körinişidagi Gemstone radiator panjarasi va billurdan ilhomlangan faralar örnatilgan. Sedanning uzunligi taxminan 5500 mm ni taşkil etadi. Ötgan oy tarqalgan niqoblangan suratlarga köra, uning şakli va ölçamlari Mercedes-Maybach S-Class yoki Rolls-Royce Phantom’ni eslatadi. Altior nomi esa 27-oktyabr kuni ma’lum qilingan edi.

Yangwang Altior’ning billur uslubidagi faralari

Hu ötgan hafta ma’lum qilişiça, modelning global taqdimoti Xitoyda emas, Birlaşgan Arab Amirliklarida bölib ötadi. CarNewsChina naşri nomi oşkor qilinmagan manbalarga tayanib yozişiça, BYD avtomobilni 5-noyabr atrofida Dubayda namoyiş etmoqçi. Biroq kompaniya aniq sanani hali tasdiqlamagan.

Yangwang ijroçi boş menejeri Zheng Yu sedanda “misli körilmagan inqilobiy texnologiya” bölişini aytdi. E’lon qilingan suratlardan birida avtomobil BYD Flash Charge stansiyasida quvvatlanayotgani tasvirlangan, bu esa unda Blade Battery 2.0 akkumulyatori va 5 daqiqalik tezkor quvvatlaş bölişi mumkinligini anglatadi. Miş-mişlarga köra, Altior qattiq jismli akkumulyatorlar örnatilgan birinçi BYD modeli bölişi mumkin, ammo kompaniya ijroçi vitse-prezidenti Stella Li ötgan oy Carwow.es naşriga BYD’ning bunday akkumulyatorli ilk avtomobili 2027-yilda taqdim etilişini aytgan. Sedanning narxi taxminan 2 mln yuandan (qariyb 300 ming dollar) boşlanişi kutilmoqda. Taqqoslaş uçun, U7 658 ming yuandan (98 ming dollar), BYD’ning eng qimmat seriyali avtomobili U8L esa 1,45 mln yuandan (217 ming dollar) sotilmoqda.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar