Samsung kelasi yildan boşlab televizorlarining nomlanişini özgartirişni rejalaştirmoqda. Hozirgi Micro RGB, OLED va Neo QLED kabi ekran texnologiyasiga asoslangan nomlar örniga uç darajali tizim — oddiy, Plus va Ultra joriy etilişi mumkin. Bu Galaxy S seriyasidagi smartfonlar uçun qöllanadigan sxemaga öxşaydi.

Koreyaning Etnews naşri xabar berişiça, Samsung eng arzon Crystal UHD liniyasidan voz keçişi, qolgan modellarni esa AI TV umumiy nomi ostida birlaştirişi mumkin. Bu haqda ITHome ham ma’lum qildi.
Manbalarga köra, özgariş kompaniyaning kelasi yildan kvant nuqtali (QD) televizorlarni ommaviy işlab çiqarişni töxtatişi va modellar qatorini soddalaştiriş rejasi bilan boğliq. Premium modellarda Mini LED va Micro LED texnologiyalari qöllanişi kutilmoqda.

Yangi nomlanişdan asosiy maqsad — xaridorlarga televizor tanlaşni osonlaştiriş.