NASA’ning Neil Gehrels Swift observatoriyasi yaqin kunlarda Yer atmosferasiga nazoratsiz ravişda qaytişi kutilmoqda, deb xabar berdi Space.com naşri. Bunga qadar teleskopni balandroq orbitaga köçirişi kerak bölgan robotlaşgan qutqaruv missiyasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.
Swift 2004-yil noyabrida orbitaga çiqarilgan. Yigirma yil davomida u koinotdagi eng kuçli portlaşlar — gamma-nurlanış çaqnaşlari hamda boşqa kosmik obyekt va hodisalarni uçta teleskop yordamida örgandi: BAT (Burst Alert Telescope), XRT rentgen teleskopi va UVOT ultrabinafşa-optik teleskopi.

20-oktabr kuni NASA Swift orbitasi Yerdan 275 km balandlikkaça pasayganini va taxminan 1500 kg vaznli observatoriya kuçaygan atmosfera qarşiligini endi qoplay olmasligini ma’lum qilgan. Apparat xavfsiz rejimga ötgan, söngra Pensilvaniya ştat universitetidagi boşqaruv jamoasi uning işini amalda yakunlovçi buyruq yuborgan. Teleskop aynan qaçon va qayerga qulaşi hozirça aniq emas.
LeoLabs kompaniyasining katta texnik mutaxassisi Darren McKnight’ning aytişiça, past orbitadagi sun’iy yöldoş turkumlari köpaygani sababli hozir har yili atmosferaga qaytayotgan obyektlar soni beş yil avvalgidan 10 baravar köp. Uning fikriça, Swift atmosferada yetarliça parçalanib ketadi va yerdagi odamlar uçun xavf tuğdirmaydi, biroq rentgen va optik teleskoplarning içki qismlari saqlanib qolişi mumkin.
Britaniyaning Accu Components kompaniyasi muhandisi Dean Sladen’ga köra, apparat taxminan 120 km balandlikka tuşgaç bir necça daqiqa içida yonib ketadi: avval quyoş panellari va antennalar ajraladi, 78 km atrofida esa asosiy korpus parçalanadi. Swift orbitasi ekvatordan taxminan 21 daraja kenglik doirasida ötadi. Bu hudud asosan okeandan iborat, ammo Afrika, Janubiy va Janubi-Şarqiy Osiyo hamda Lotin Amerikasining aholi yaşaydigan qismlarini ham qamrab oladi.

Sladen’ning fikriça, Yergaça yetib kelişi mumkin bölgan qismlar — oltita oğir maxovik hamda linzalar va közgular kabi çidamli detallar. Taxminan 52 ming kiçik qörğoşin plitkadan iborat niqob deyarli aniq erib ketadi. NASA talablariga köra, qoldiqlardan odam jarohatlaniş ehtimoli 10 mingdan birdan oşmasligi kerak. NASA yerdagi odamlarga zarar yetişi ehtimoldan yiroq ekanini aytgan, LeoLabs ham xavfni juda kiçik deb baholamoqda.