BYD kompaniyasiga qaraşli Denza brendi 2026-yil 12-noyabr kuni Xitoyda N8 elektr krossoverini rasman sotuvga çiqardi. Model olti versiyada taklif etilmoqda, narxlar 269 900 yuandan 329 900 yuangaça (taxminan 40,3–49,2 ming dollar). CarNewsChina naşri xabar berişiça, avtomobilga buyurtmalar 26-oktabrdan qabul qilinayotgan edi. Avval toza elektr versiyasi bozorga çiqadi, tarmoqdan quvvatlanadigan gibrid versiyalar esa keyinroq qöşiladi.

Yangi N8 beş örindiqli bölib, olti örindiqli N8L modelining yonida turadi. Krossoverning uzunligi 5150 mm, kengligi 1999 mm, balandligi 1820 mm, ğildiraklar oraliği esa 3075 mm ni taşkil etadi. U N8L dan 50 mm qisqaroq. Dizayn Denza’ning π-Motion uslubida işlangan: faralar ikki qismga bölingan, old tomonda esa faol havo olgiç bor.
Avtomobilga 105,8 kVt·soat va 130,2 kVt·soat siğimli ikkinçi avlod Blade batareyalari örnatiladi. CLTC sikli böyiça yuriş zaxirasi versiyaga qarab 800, 840, 970 va 1003 km ni taşkil etadi. Naşr ma’lumotiga köra, Flash Charging texnologiyasi tufayli batareyalar 9 daqiqada töliq zaryadlanişi mumkin. Gibrid versiyaning faqat elektrda yuriş zaxirasi 435 km bölişi kutilmoqda.
Orqa yetakçi versiyalarda bitta elektr motor örnatilgan, uning quvvati 320 kVt (429 ot kuçi) yoki 370 kVt (496 ot kuçi). Töliq yetakçi versiya esa e3 platformasida qurilgan bölib, uçta motorga ega: biri oldda, ikkitasi orqada. Ularning umumiy quvvati 890 kVt (1193 ot kuçi). Bu versiya joyida aylaniş va aqlli sudralib yuriş rejimlarini qöllab-quvvatlaydi.

Salonda 30 dyuymli panoram displey va kengligi 1,1 metr bölgan Skyline ekrani bor, jismoniy tugmalar esa olib taşlangan. Uçinçi qator örindiqlar yöqligi sababli yuk bölimi hajmi 1046 litrga yetadi. Krossover DiSus-A aqlli pnevmatik osma, orqa ğildiraklarni burış tizimi va God’s Eye 5.0 aqlli haydaş tizimi bilan jihozlangan. China EV DataTracker ma’lumotlariga köra, Denza oktabr oyida 15 152 ta avtomobil sotgan: bu ötgan yilga nisbatan 49,5 foiz köp, sentabrga nisbatan esa 16,7 foiz kam.