Apple’ning yangi flagmanlari Xitoyda yuqori talabga ega bölib qolmoqda. MyDrivers naşri keltirgan ma’lumotlarga köra, 2026-yil 1-noyabrgaça, ya’ni 44-hafta oxirigaça, mamlakatda iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max smartfonlaridan jami taxminan 6,89 mln dona sotilgan. Bunda kattaroq Pro Max modeli oddiy Pro versiyasidan köproq sotilmoqda.

Xitoyda iPhone 18 Pro seriyasining haftalik sotuvlari

Sotuvlar böyiça eng yaxşi natija 41-haftada qayd etilgan: bu davrda 1,19 mln dona smartfon sotilgan. Undan oldingi, Xitoyda Milliy bayram ta’tiliga töğri kelgan 40-haftada esa 1,13 mln dona sotilgan. 42-hafta oxiriga kelib umumiy körsatkiç 4,96 mln donaga, 43-hafta oxirida esa taxminan 6,02 mln donaga yetgan. 44-haftada 872,7 ming dona smartfon sotilgan.

iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max ranglari

44-hafta yakunlariga köra tuzilgan Xitoy smartfon bozori reytingida birinçidan beşinçi öringaça bölgan barça örinlarni Apple modellari egallagan, iPhone 18 Pro Max esa katta farq bilan peşqadamlik qilmoqda. Eng köp sotilgan önta model orasida Apple’ning oltita smartfoni bor.

Xitoy brendlari orasida eng yaxşi natijani Huawei Pura X View körsatgan: u reytingda oltinçi örinni egallagan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar