Özbekistonlik Defex Robotics startapi AQŞning Y Combinator akseleratoriga qabul qilindi. UzDaily naşri xabar berişiça, bu nufuzli dasturga yöl olgan uçinçi özbek loyihasidir.
Kompaniyaga Xusan Mavlonov asos solgan. Defex Robotics işlab çiqarişda mahsulotlarni yiğiş va ularning sifatini tekşirişni avtomatlaştiradigan sanoat robotlarini işlab çiqaradi. Startapning asosiy maqsadi zavodlardagi işlab çiqariş jarayonlarini avtomatlaştirişdir.

Kompaniya tizimi elektr konnektorlarini örnatişi, ulanişlarning mustahkamligini sinovdan ötkazişi va sinov natijalarini avtomatik ravişda qayd etişi mumkin.
Bungaça Y Combinator’ga Özbekistondan Speko (S26 oqimi) va Twolabs (P26 oqimi) startaplari qabul qilingan edi.
Naşrning qayd etişiça, akseleratorga qabul qiliniş startapga texnologiya kompaniyalarini qöllab-quvvatlaydigan xalqaro dastur doirasida öz mahsulotini rivojlantiriş imkonini beradi.