Vazirlar Mahkamasi 2026-yil 28-oktyabrda 593-son qarorni qabul qildi. Unga köra, Özbekistonda «Land of Startups» nomli xalqaro startaplar tanlovi ta’sis etiladi. Tanlov har yili ötkaziladi, birinçisi 2027-yil aprel oyida boşlanadi. Umumiy mukofot jamğarmasi 5 mln dollarni taşkil etadi, deb xabar berdi UzDaily naşri.

Hujjat Prezidentning startaplarni qöllab-quvvatlaşning kompleks ekotizimini yaratişga oid 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-son qarorini ijro etiş maqsadida qabul qilingan. Tanlovdan maqsad xorijiy startaplar va ularning asosçilarini jalb qiliş, texnologiyalar transferini tezlaştiriş hamda Özbekistonni mintaqaviy startap markaziga aylantirişdir.

IT Park Özbekiston

Tanlov beş yönalişda ötkaziladi: sun’iy intellekt texnologiyalari; ta’lim, soğliqni saqlaş va davlat xizmatlari kabi ijtimoiy sohalar uçun raqamli yeçimlar; moliyaviy texnologiyalar; kreativ industriya hamda kompyuter va mobil öyinlar işlab çiqiş; biznes va sanoat uçun yeçimlar.

25 ta ğolib jamoaning har biri IT Park direksiyasi huzuridagi vençur fonddan 200 ming dollargaça investitsiya oliši mumkin. Biroq mablağ faqat har tomonlama tekşiruv muvaffaqiyatli yakunlangandan söng ajratiladi.

Şu qaror bilan IT Park qoidalariga ham özgartirişlar kiritildi. Rezidentlarning avtomatlaştirilgan hisob va ölçov tizimlarini soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qiliş talabi bekor qilindi. IT Park direksiyasi esa soliq va statistika hisobotlari hamda axborot texnologiyalari böyiça öquv kurslari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etişdan ozod qilindi. Rezidentlarga ruxsat etilgan faoliyat turlari qatoriga narsalar interneti (IoT) va sun’iy intellekt qurilmalarini işlab çiqariş va sotiş, mikro- va nanoelektronika, intellektual robotlar hamda biznes-farişta klublari faoliyati qöşildi.

Eslatib ötamiz, «Land of Startups» dasturi haqida ilk bor 2026-yil sentabr oyida Toşkentda ICT Week 2026 doirasida bölib ötgan Startap va vençur sammitida IT Park’ning global ösiş böyiça rahbari Izzat Hamidov ma’lum qilgan edi. Uning söziga köra, dastur dunyo böylab startap asosçilariga möljallangan bölib, ular moliyalaştiriş olib, Özbekiston bozorida faoliyat yuritadi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar