Meta kompaniyasi Quest 2 va Quest Pro virtual reallik garnituralarini 2027-yil yanvaridan boşlab «yangi funksiyalar berilmaydigan» qurilmalar maqomiga ötkazişini e’lon qildi. Bu haqda kompaniyaning dasturçilar uçun blogida ma’lum qilindi, UploadVR naşri xabar berişiça.
Horizon OS 2.13 ikkala garnitura uçun sönggi operatsion tizim versiyasi böladi. U 2027-yil yanvarida tarqatila boşlanadi va mart oyigaça barça qurilmalarga yetib borişi kutilmoqda. Meta VR OS SDK v213 esa bu qurilmalar uçun qöllab-quvvatlanadigan sönggi dasturçilar töplami böladi. Undan keyingi yangi tizim funksiyalari, platforma imkoniyatlari va API’lar faqat Quest 3, Quest 3S va undan yangi qurilmalarda paydo böladi. Kompaniya yangi OS va SDK relizlarini Quest 2 hamda Quest Pro’da sinab körmaydi.

Şunga qaramay, foydalanuvçilar garnituralardan foydalanişda davom etişi mumkin. Har çorakda çiqadigan xavfsizlik yamoqlari va jiddiy xatolarni tuzatişlar 2027-yil oxirigaça beriladi. Mavjud ilova va öyinlar avvalgidek işlaydi: ularni topiş, sotib oliş, yuklab oliş va öynaş mumkin. Quest 3 va Quest 3S egalari bilan birgalikda öynaş imkoniyati ham, u qöllab-quvvatlangan joylarda, saqlanib qoladi.
Dasturçilar ilovalarini yangilaşda davom etişi mumkin, Quest 2 va Quest Pro uçun yangi ilovalar esa 2027-yil dekabrigaça qabul qilinadi. Agar qöllab-quvvatlaş töxtatilişi natijasida foydalanuvçilar kontent yoki asosiy xizmatlardan mahrum bölsa, dasturçilar ularni kamida 180 kun oldin ogohlantirişi kerak.

Quest 2 2020-yil oktyabrida Oculus Quest 2 nomi bilan 300 dollar narxda sotuvga çiqqan. Quest Pro esa 2022-yil oktyabrida 1500 dollarga taqdim etilgan, tört oydan söng uning narxi 1000 dollargaça tuşirilgan, biroq naşr uni tijoriy jihatdan muvaffaqiyatsiz deb hisoblaydi. Meta bu ikki modelni sotişni töxtatiş rejasini 2024-yil sentyabrida, Quest 3S bilan bir vaqtda e’lon qilgan edi. Quest Pro’ning ruhiy vorisi sifatida 2,4K micro-OLED displeyli, 100 gramm vaznli Meta VR Glasses közoynagi 2027-yil bahorida 1300 dollarga çiqarilişi rejalaştirilgan.