Xitoyning GAC Aion kompaniyasi yangi Ray 7 elektr sedanini 2026-yil 12-noyabr kuni rasman taqdim etadi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, modelga oldindan buyurtmalar 17-oktyabrdan qabul qilinmoqda. Avtomobil beş xil komplektatsiyada taklif etiladi, oldindan buyurtma narxlari 128 800 yuandan (19,2 ming dollar) 158 800 yuangaça (23,7 ming dollar).

Ray 7 fastbek kuzovi va brendning yangi dizayn uslubini oldi. Old qismida butun en böylab çozilgan çiroq paneli va yorituvli logotip bor. Havo qarşiligi koeffitsiyenti 0,22 ni taşkil etadi. Sedanning uzunligi 4960 mm, kengligi 1900 mm, balandligi 1455 mm, ğildiraklar oraliği 2920 mm. Yon tomonda yarim yaşirin eşik tutqiçlari va sariq tormoz supportlari, orqada esa butun en böylab çiroq bloki örnatilgan.
Avtomobil Huawei DriveONE elektr yuritmasi va GAC’ning 28 funksiyani birlaştirgan issiqlik boşqaruvi moduli bilan jihozlangan. CLTC sikli böyiça energiya sarfi 100 km ga 9,7 kVt·soat. Ikki xil batareya taklif qilinadi: GAC Inpow elementlari bilan 530 km va CATL elementlari bilan 702 km (CLTC böyiça). Ikkala holatda ham litiy-temir-fosfat (LFP) batareyalar qöllanadi.

Aqlli haydaş tizimi 27 ta sensordan, jumladan Huawei’ning 192 nurli lidari va uçta 4D radardan foydalanadi. U WeRide kompaniyasining L4 darajali robotaksi texnologiyasi asosidagi modelga tayanadi va murakkab şahar şaroitlari uçun möljallangan. Salonda raqamli asboblar paneli, katta markaziy sensorli ekran va smartfonni simsiz quvvatlaş moslamasi bor.
Naşr ma’lumotlariga köra, GAC Aion 2026-yil oktyabr oyida 42 357 ta avtomobil sotgan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 56,79 foiz köpdir.