Apple uçun iPhone smartfonlarini yiğib beruvçi Foxconn (Hon Hai Technology Group) sun’iy intellekt serverlari bozoridagi uluşini kengaytirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya direktorlar kengaşi raisi Lyu Yanvey (Young Liu) CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning söziga köra, hozir dunyo böyiça yetkazib berilayotgan AI-serverlarning qariyb 40 foizi Foxconn hissasiga töğri keladi. Kelgusi yilda bu körsatkiçni 45 foizga, yana bir-ikki yil içida esa 50 foizga yetkaziş kutilmoqda. Lyu Yanvey sun’iy intellekt infratuzilmasiga talab sezilarli pasayayotganini körmayotganini, kompaniyaning işlab çiqariş quvvatlari kamida 18 oy oldinga band qilinganini aytdi.

Ikkinçi çorakda bulut va tarmoq mahsulotlari, jumladan AI-serverlar, ilk bor Foxconn tuşumining yarmidan köpini – 51 foizini taşkil etdi. Rahbariyat bahosiga köra, 3–5 yildan söng sun’iy intellekt infratuzilmasi kompaniya daromadining 60–65 foizini berişi mumkin. Hozircha asosiy mijozlar sun’iy intellekt modellarini işlab çiqaruvçilar va bulut provayderlari bölib qolmoqda, davlat tuzilmalari va korporativ mijozlar esa bunday yeçimlarni endigina örgana boşlagan.
Foxconn sun’iy intellektga har yili 3–5 mlrd dollar sarflaşni rejalaştirgan, biroq bu summa vertikal integratsiya darajasiga qarab oşib ketişi mumkin. Kompaniya AQŞdagi işlab çiqarişni ham kengaytirmoqçi va bunda daromadliroq mahsulotlar – AI-server stoykalari va ma’lumotlar markazlari uçun uskunalardan boşlaydi.
Şu bilan birga, Lyu Yanvey ortiqça sarmoya kiritiş xavfi haqida ogohlantirdi: uning fikriça, bitta yirik mijozning buyurtmalarini yöqotiş boşqalari hisobiga qoplanişi mumkin, ammo bozorning umumiy sekinlaşuvi Foxconn va butun yetkazib beriş zanjiri uçun jiddiy muammoga aylanadi.