Intel boş direktori Lip-Bu Tan kompaniyaning uçinçi çorak natijalariga bağişlangan telefon konferensiyasida server protsessorlari bozori böyiça dadil prognoz bildirdi. iXBT.com naşri WCCF Tech’ga tayanib xabar berişiça, uning sözlariga köra, bu bozor beş yil içida taxminan 40 mlrd dollardan 200 mlrd dollardan ortiq hajmgaça ösişi mumkin.

Tan asosiy omil sifatida sun’iy intellekt agentlarining keng tarqalişini, xususan bitta protsessor xizmat körsata oladigan agentlar sonining ösişini ataydi. Intel rahbarining ta’kidlaşiça, agentlarni işga tuşiriş vazifalarida markaziy protsessorlar grafik protsessorlarga qaraganda energiyani ança tejamkor sarflaydi: GPU’dagi bitta sörov bir neçta vatt-soat energiya talab qilişi mumkin bölsa, CPU’da bu bir neçta joul bilan çeklanadi. Şu bilan birga, murakkab modellarning mulohaza yuritişi uçun GPU hamon qulayroq bölib qolmoqda.
Ta’kidlaş joizki, bu bozorning potensial hajmiga oid baho bölib, Intel aynan şunça daromad olişini kafolatlamaydi.
Konferensiyada Tan kvant hisoblaşlari uçun dasturiy ta’minot işlab çiqaruvçi Classiq kompaniyasini sotib oliş haqida ham gapirdi. Bu kompaniyaning platformasi apparat arxitekturasiga bağliq emas. Intel rahbarining fikriça, u kompaniyaning kvant apparati va dasturiy ta’minoti böyiça işlarini töldiradi.
Bitimdan söng Intel markaziy va grafik protsessorlar, ASIC çiplari hamda kvant protsessorlarini (QPU) birlaştirgan platforma taklif qilişni rejalaştirmoqda. Xarid narxi va kvant biznesi qaçon daromad keltira boşlaşi oşkor qilinmagan.