Motorola kompaniyasi Signature 27 smartfonini 2026-yil sentabr oyida Snapdragon Summit tadbirida e’lon qilgan edi. Aynan şu tadbirda Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 6 va Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessorlarini taqdim etgan. GSMArena naşri xabar berişiça, yangi flagman 5-noyabrdagi rasmiy çiqişidan oldin Geekbench test dasturida körindi.
Test ma’lumotlariga köra, qurilma 2 nanometrli Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessori, 12 GB tezkor xotira va Android 17 operatsion tizimi bilan işlaydi. Geekbench 7.1 dasturida smartfon bir yadroli rejimda 3313, köp yadroli rejimda esa 11 088 ball töpladi.

GSMArena qayd etişiça, sotuvga çiqadigan seriyali nusxalar bundan ham yuqori unumdorlik körsatişi kutilmoqda.
Motorola smartfonning bir qator xususiyatlarini allaqaçon tasdiqlagan. Signature 27 50 Mp’li Sony LYT 910 asosiy kamerasi va 200 Mp’li periskopik telefoto kamera oladi. Qurilmada ArcticMesh sovutiş tizimi qöllanilgan: undagi buğlatiş kamerasi oldingi avlodnikiga nisbatan 40 foiz kattaroq.

Şuningdek, smartfon yetti yil davomida operatsion tizim yangilanişlarini oladi, ovozi esa Bang & Olufsen bilan hamkorlikda sozlangan. Qurilma Pantone Coal Smoke va Pantone Capulet Olive ranglarida taklif etiladi. Biroq kompaniya hali smartfonning töliq texnik xususiyatlarini oşkor qilmagan.