Özbekistonda 1-noyabrdan boşlab mobil aloqa tarmoqlari orqali yuboriladigan reklama qönğiroqlari va SMS xabarlari uçun yangi qoidalar amal qila boşladi. Bu haqda UzDaily naşri xabar berdi.

Yangi tartibga köra, kompaniyalar va mobil operatorlar reklama yuboriştan oldin abonentning roziligini olişi şart. Rozilik yozma yoki elektron şaklda beriladi. Talab mobil tarmoqlardan foydalanadigan yuridik va jismoniy şaxslarning barçasiga taalluqli.
Şuningdek, soat 18:00 dan 09:00 gaça mobil tarmoqlar orqali reklama qönğiroqlari qiliş va SMS xabarlari yuboriş taqiqlanadi. Reklama olişni istamagan abonent öz mobil operatoridan bunday qönğiroq va xabarlarni töliq yoki qisman bloklaşni söraşi mumkin, operator esa bu talabni bajarişi kerak.

Ommaviy reklama qönğiroqlari va SMS tarqatiş bilan şuğullanadigan kompaniyalar foydalanayotgan axborot tizimlarini şaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazişi lozim. Qoidalarni buziş reklama va şaxsga doir ma’lumotlarni himoya qiliş töğrisidagi qonunçilikka muvofiq javobgarlikka sabab böladi.
Ushbu çeklovlar fuqarolarga davlat xizmatlari körsatişni takomillaştiriş haqidagi prezident qarori bilan belgilangan. Adliya vazirligi bu haqda 2026-yil iyul oyida ma’lum qilgan edi.