SpaceXAI kompaniyasiga tegişli Colossus 2 ma’lumotlar markazi (AQŞning Memfis şahri) hisoblaş quvvati böyiça dunyoda birinçi örinni egalladi. iXBT.com naşri Epoch AI tadqiqot taşkilotining Frontier Data Centers bazasiga tayanib xabar berişiça, noyabr boşida markazning umumiy unumdorligi taxminan 1,11 mln Nvidia H100 tezlatkiçining quvvatiga teng.
Şu körsatkiç bilan Colossus 2 OpenAI’ning Stargate loyihasini hamda boşqa yirik texnologiya kompaniyalarining hisoblaş markazlarini ortda qoldirgan.

Epoch AI ma’lumotlariga köra, markazning IT quvvati 946 MW ni taşkil etadi, unga sarflangan mablağ esa 35,8 mlrd dollarga baholanmoqda. Birinçi klaster 2025-yil oktyabrida işga tuşirilgan, ikkinçisi 2026-yil aprelida qöşilgan, hozirgi hajmga esa 2026-yil iyunida erişilgan. Hisob-kitoblarga köra, markazda Nvidia B200 va B300 çiplari işlatiladi.
Raqobatçilar bilan farq 2027-yil örtalariga borib yanada oşişi mumkin: ungaça markazda Nvidia Blackwell arxitekturasidagi qöşimça klasterlar işga tuşirilişi kutilmoqda. Epoch AI prognoziga köra, 2027-yilning birinçi çoragida Colossus 2 quvvati taxminan 1,82 mln H100 ekvivalentiga va 1531 MW ga yetişi mumkin.
Ilon Mask boşqa superkompyuter loyihalari özlari e’lon qilgan maqsadlarga erişa olmasligini, SpaceX esa öz rejalarini allaqaçon amalga oşirayotganini ta’kidladi.